Mazkur kitobda zamonaviy o’zbek punktuatsiyasi me’yorlari, tinish belgilarining qo’llanishi kabi turli masalalar haqida fikr yuritiladi.
Bu kitobning birinchi qismini yozishda puntuatsiya bo’yicha izlanish olib borgan K.Nazarov, Sh.Shoabduraxmonov, H.G’oziyev, H.Jamolxonov, B.Bahriddinova kabi tilshunoslarning ishlariga lozim o’rinda murojaat qilindi.
Tilshunoslikda me’yor tushunchasi mutaxassislar tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va til egalariga tushunarli bo’lgan til birikmalarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatini anglatadi.