📝 Vujudimni tilib tilka-tilka,
Ayla, vijdonimni sotmayman,
Xalq dardini joyladim dilga,
O‘lay, o‘limdan ham qaytmayman.
Shukrullo

📌 A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo Yusupov tavalludining 103 yilligi munosabati bilan “Xalq dardini joyladim dilga” nomida ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazma Shukrollo Yusupovning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar va uning o’lmas asarlaridan iborat.