🖇Ibroyim Yusupov ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. Ibroyim Yusupov 1929 yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog‘ida tavallud topgan. Uning she’rlari 40-yillarda matbuotda e’lon qilina boshlangan. Ibroyim Yusupov bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi. Shoir ko‘plab qardosh xalqlar va jahon adabiyoti mumtoz shoirlar asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilib, sayrata olgan tarjimondir. Ibroyim Yusupov nasr va dramaturgiya sohasida ham qalam tebratgan. Unga 2004 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni berilgan.