Asar bir mehribon otaning bevaqt vafot etgan, ammo uni yo’qligini umrining oxirigacha tan olishni istamagan otaning qiziga yozgan maktub shaklidagi xatlaridan iborat. Bilasizmi,ko’pincha MEHR haqida gap ketganda ko’z oldimizda dastlab onamiz gavdalanadi. Ammo menimcha otalar ham mehr berishda, farzandini sevishda onalardan qolishmaydi. Farqi shundaki ularning hissiyotlari va kechinmalari ichlarida bo’ladi. Asarni o’qiyotib, tasvirlanayotgan barcha narsalar ichidadek his qildim o’zimni. O’sha dengiz sohillarida sayr qildim, istanbulda bo’ldim, bir chekkada joylashgan, hech qachon issiq yoz bo’lmaydigan shaharda bir muddatcha yashadim. Barcha narsa shunaqa tasvirlanganki, kitob ichiga beixtiyor sho’ng’iysiz.🤗🤗