Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Samarqand Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash markazida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Zuxra Eshonqulova, Samarqand shahar “Nuroniy” jamg’armasi bo’limi raisi Xurshid Nurullayev, Samarqand viloyat “Nuroniy” jamg’armasi kengashi “Buvijonlar maktabi” rahbari Gulbahor Husanova, shoira va tarjimon Oygul Suyundiqovalar ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuvda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Javlon Jovliyev qalamiga mansub “Qo’rqma” asariga hamda Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag’ishlangan videorolik namoyish etildi.