Yoz. Beqiyos lahzalarga boy fasl. Bu fasl bolajonlar uchun muzqaymoqlaru oromgohlarsiz o‘tmaydi, albatta. Ota-onalar esa bolalarning madaniy hordiq olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni uzoq-yaqinda joylashgan dam olish maskanlariga, maktablarda tashkil etilgan to’garaklarga jo’natishadi. Xuddi shunday, Toyloq tuman 20-umuta’lim maktabi o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Bolalik- umrning eng mazmunli davri” davri deb nomlangan sayyor tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida kutubxona mavjud bolalar adabiyoti haqida ma’lumotlar berib o’tilib, o’quvchilar tomonidan she’rlar aytildi. Zukko bolajonlarga kutubxonaning esdalik sovg’alari topshirildi.