O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”  2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda tuman,(shahar) axborot kutubxona markazlarida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Siz, aziz kitobxonlarni 2024-yil 22-26-aprel kunlari A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2024” ga taklif etamiz.

Haftalik davomida rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli marafonlar, teatr tomoshalari, kutubxona bo‘ylab sayohatlar, yangi kitoblar taqdimoti va ko‘rgazmalari hamda musiqiy ohanglardan bahramand bo‘lasiz.