A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining 1-qavat fayesida Publitsist, yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat hayoti va ijodiga kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi.

Yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat 1941-yilning 3-iyul kuni Samarqand tumanidagi Qo‘shmachit qishlog‘ida tug‘ilgan.
“Lenin yo‘li” gazetasida ishlagan, “Qishloq haqiqati” gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari buyicha muxbiri bo‘lgan. Keyin Toshkentga ko‘chib “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “ Mehnat” nashriyoti, O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida xizmat qilgan.

Aziz kitobxonlar siz ushbu ko’rgazmadan Nusrat Rahmatning asarlari, hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishlaringiz mumkin.