Joriy yilning 24-aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida”Kitobsevar millat”shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Samarqand Davlat Chet tillar instituti bilan hamkorlikda Uilyam Shekspirning “Muhabbat kuychisi” nomli viktorina o’yini bo’lib o’tdi.Tadbirda ikkita jamoa o’zaro bellashdilar.Bundan asosiy maqsad ,chet el adiblari ijodi boyicha malumotlar berib borish orqali,yozuvchining asrlariga yoshlarni qiziqishini oshirish hamda talaba yoshlarga kutubxonamizlagi chet el yozuvchilarini asarlarini targib qilish. Viktorinada “Bilimdonlar” jamoasi g‘olib bo‘lishib,kutubxonamiz tomonidan bir to‘plam kitoblar hamda tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.