“INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 17 – umumiy o’rta ta`lim maktabi bilan hamkorlikda Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asariga bag’ishlangan badiiy kecha o’tkazildi.

Tadbirda o’quvchilar tomonidan turli xil sahna ko’rinishlari, musiqali-badiiy chiqishlar va viktorina o’tkazildi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan o’quvchilarga viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alar topshirildi.