Ochilish marosimda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.G’aniyev, Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. B.Kuziyev hamda Kattaqo’rg’onlik iqtidorli shoira F.Abdullayeva tashrif buyurishdilar. Tadbirni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.G’aniyev tantanali ochib berdi. Infolib O’zbekiston-2024 haftaligi doirasida shahrimizdagi 3-umumta’lim maktab o’quvchilari hamkorlikda “Yaxshi kitob-beg‘araz ustoz”, “Ona tilim-jonu dilim” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi.