“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi bilan hamkorlikda kitobxonlar o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “Kitob-ilm va hikmat manbai” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida 11 nafar musiqa va san’at maktabi o’qituvchilari “Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni hamda “Ta’lim fidokori” esdalik nishonlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.