“Ulug’bekning nurli nigohi” hamda “Yoding jilosi”, “Дарёи бепоёни ман” kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi va O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zuhrabegim Eshonqulovaning “Ulug’bekning nurli nigohi” nomli asari hamda O’zbekiton jurnalistlari uyushmasi a’zosi Husniddin Fayozovning “Yoding jilosi”, “Дарёи бепоёни ман”, (Poyonsiz ummonim mening) she’riy to’plamlari taqdimoti bo’lib o’tdi.

Kitob taqdimoti davomida, kitoblarning yozilish tarixi hamda ijodkorlar haqida tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq fikrlar aytib o’tildi.