Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida olis Qo’shrabot tumanida uzoq yillar ona tili va adabiyot fanidan dars bergan faxriy o’qituvchi Musharraf Xo’jabekovaning “Vatanim” nomli saylanmasi taqdimoti o’tkazildi. Ushbu tadbirda Samarqand viloyat Yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi Zuhra Eshonqulova, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Xurshid Nurullayev, Hamida Karimovalar, Qo’shrabot tumanining mahalliy nashri hisoblangan “Istiqbol sari” gazetasida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan jurnalist Anora Norboyeva, yosh ijodkorlar va “Dilmunchoq” to’garagi a’zolari ishtirok etishdi. Taqdimot Vatan madhiga bag’ishlangan mushoira shaklida davom etdi. Vatanimizning 33 yillik Mustaqillik bayrami arafasida bo’lib o’tgan ushbu tadbir yosh ijodkorlarga manzur bo’ldi.