Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni Ma’naviyat  va ma’rifat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, shoira va publisist Zuhra BEGIMning “Samarqanddan esgan sabolar” she’riy, “Ulug‘bekning nurli nigohi” badiiy publisistik, bolalar uchun “Baxtli bolalik” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, professor, shoir, tarjimon, Respublika Amir Temur jamoat fondi rahbari Muhammad Ali, Filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos olim Suvon Meli, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, publitsist, siyosiy sharhlovchi, bolalar shoiri Xudoyberdi Komilov hamda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari, kitob ixlosmandlari ishtirok etishdi.
Taqdimotda, Muhammad Ali tomonidan “Samarqanddan esgan sabolar” she’riy kitobining mazmun va mohiyati, Suvon Meli “Ulug‘bekning nurli nigohi” publisistik kitobida ijodkorning shoirona publisistikasiga ta’rif, Xudoyberdi Komilov tomonidan
“Baxtli bolalik” kitobidagi she’rlarda bolalarcha beg‘uborlik hissini aks etishi va ma’no xususiyati,
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori Malika Jumazoda tomonidan Zuhra Begimning “Samarqanddan esgan sabolar” kitobi to‘g‘risida  tahliliy  xulosalar aytib o‘tildi.