🔸“Mehrobdan chayon”ni Lui Aragon iborasiga o‘xshatib, “Eng go‘zal sharqona sevgi romani”, deb baholasa bo‘ladi. Chunki Anvar va Ra’no o‘rtasidagi sevgi ibo atalmish sharqona poydevor ustiga qurilgan.

🔸Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”i dehqonchilik tizimidagi kommunistik rejimni ma’naviy jihatdan ag’darib tashlagan. Bunday kitoblarni qanday qilib o‘qimaslik mumkin.

🔸Kitob yoki jurnalni Internet sahifalaridan ham o‘qisa bo‘ladi. Ammo Internetda kitobga xos hid yo‘q, sahifalarni varaqlashdek huzur yo‘q. Eng asosiysi, uni yostig‘ing tagiga qo‘yib bo‘lmaydi.

🔸Ilmiy adabiyotning ahamiyati badiiy adabiyotnikidan kam emas. Masalan, akademik Muhammadjon O‘rozboevning “Nazariy mexanika asoslari” va “Materiallar qarshiligi” kitoblarini qanchadan-qancha Otabek va Anvarlar mutolaa qilishgan va malakali muhandis bo‘lib yetishishgan. Ilmiy adabiyotga xos ehtiyoj baland, lekin e’tibor past.