O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”  2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida  “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda.  
Bugun haftalik rejasiga muvofiq SamDU Urgut tuman filiali talabalari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Ekskursiya davomida mehmonlar  o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda kitoblar mutolaa qilishdi. O’zlarining fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi