Hech kimga sir emaski bugungi kunda kitobxonlikka e’tibor barcha jabhalarni  keng qamrab olmoqda, ayniqsa, joylarda kutubxona markazlarining faoliyatiga asosan targ’ibot – tashviqot ishlarini yanada faollashtirish zamon talabidir. Shu orinda bugungi kunda viloyat miqiyosida “Kitobsevarlar”  klubi o’z faoliyatini olib bormoqda. Klubning asosiy maqsadi, shaxs madaniyati shakillanishi, shaxsning ijodiy o’sishi, bosh vaqtini mazmunli o’tkazishining manbasi sifatida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlarini mutolaa qilishga chekka-chekka hududlardagi aholi ayniqsa  yoshlarni qiziqtirish, etiborni jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish va ommalashtirishdir.