A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida uchrashuv kecha tashkil qilindi. Ushbu uchrashuv kechaga Qo’shrabot tumanidan  Safarovlar oilasi tashrif buyurdilar. Ular o’zlari sevib mutolaa qilgan asarlari, sevimli asar qahramonlari haqida kitobxonlarga so’zlab berdi. Tadbir so’ngida kitobxon oila a’zolari axborot-kutubxona markazining tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.