A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida  “Kitobsevar millat” shiori ostida  IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavalludining 146 yilligi munosabati bilan o’sib kelayotgan yosh avlod vakillariga olim, jamoat arbobi yozuvchi, shoir Sadriddin Ayniy  qoldirgan boy merosni targ’ib etish maqsadida xotira kechasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda,  Sadriddin Ayni muzey direktori  Asliddin Pulatov, Samarqand tuman 54-umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Sadriddin Aynining “Mardi sudxo’r”, “Qori  ishkanba” asarlaridan parcha hamda she‘rlar o‘qib eshittirildi.
Tadbir yakunida, faol hamkorlarga kutubxonaning tashakkurnomasi topshirildi.