A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar Ichki ishlar Boshqarmasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti VA MFY i “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ayolga ehtirom – buyuklik ramzi” nomli konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyaga MFYlari “Oqila ayollar” harakati rahbari Rahimova Shoira Uzakovna,
Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Pedagogika va psixologiya kafedrasi” dotsenti psixolog Shoista Muratova va Samarqand shahar Ichki ishlar Boshqarmasi 3 – sonli IIB Xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektor Ne’matova Hilola Qurbonboyevna mehmon sifatida taklif etildi hamda ular ayolning jamiyatdagi o’rni, oilada er-xotin munosabatlari, Gender tengligi, shu jumladan ayol-qizlar huquq va erkinliklari haqida konferensiya qatnashchilariga ma’lumotlar berib o’tdilar.