🖇Shoir, yozuvchi va tarjimon A’zam Obidov ijodi

🔷A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida shoir, yozuvchi va tarjimon A’zam Obidov hayoti va ijodiga bag’ishlab ko’rgazma tashkil etildi. Ma’lumot o’rnida Aʼzam Obidov 1974-yilning 8-noyabrida Namangan shahrida tug‘ilgan. Shahridagi 7-sonli maktabni oltin medal bilan tamomlaganidan so‘ng, Namangan davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qigan. Hozirda AQSh elchixonasida faoliyat yuritadi. Shuningdek, uning tashabbusi bilan O’zbekistonda ham xalqaro va mahalliy adabiy loyihalar tashkil etilgan. Jumladan, uning ”Chet ellik shoir O’zbekistonda rezidensiyada”, ”Metroda she’rxonlik” kabi ijodiy dasturlarni amalga oshirgan.