A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining Axborot kutubxona fondlarini saqlash xizmati hududi 856 kvadrat metrni tashkil etib, unda turli mavzudagi, ijtimoiy -siyosiy hamda fanning barcha tarmoqlariga oid adabiyotlar, o‘zbek va rus tillaridagi o‘lkashunoslikka oid adabiyotlar, chet el yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari, ingliz, nemis, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qrim, uyg‘ur va boshqa tillaridagi turli mavzudagi adabiyotlar 1785-yildan boshlab to hozirgi kungacha ehtiyotlab saqlanib kelinmoqda