Sirli osmon toqiga ilk qo’ydi narvon o’zbegim

Mirzo Ulug’bek -ilm saltanatining sultoni

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Buyuk o’zbek astranomi , matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 630 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil qilindi.
Ma’lumot o’rnida, Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug’bek Ko’rag’oni 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida, Amir Temur to’rtinchi o’g’li Shohrux Mirzo oilasida dunyoga kelgan. 1411-yilda 17 yoshli Ulug’bek Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanadi. Ulug’bek yaxshi ta’lim olgan. Ajoyib xotiraga ega bo’lib, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, turk she’riyatidan ham yaxshi xabardor. Ulug’bek she’rlar yozgani haqida ma’lumotlar bor.