Qadimgi yunonlar ko‘plab maʼlumotlarni yod olish uchun tasavvurdagi obrazlardan foydalanish mumkinligini aniqlashgan va shunday texnikalarni o‘rganuvchi fanni mnemonika deb atashgan. Ushbu kitobda «super» xotirali insonlar sirlari, mnemotexnika turlari, ularni raqamli, matnli maʼlumotlarni, odamlarning ism-shariflari va boshqa kerakli maʼlumotlarni, tarixiy sanalarni eslab qolishda qo‘llash usullari, xorijiy tillarni to‘g‘ri o‘rganish yo‘llari bayon qilingan. Bu bilimlar o‘quvchilarning turli fanlarni o‘zlashtirishlari, xorijiy tillarni oson o‘rganishlarida qo‘l keladi. Kitobga tegishli telegram bot orqali qo‘shimcha maʼlumotlar va mashq materiallarini doimiy ravishda bepul olib turishingiz, mualliflarga o‘z savollaringizni yo‘llashingiz mumkin. Mualliflar haqida kitob muqovasining orqa tomonida batafsil maʼlumot berib o’tilgan.