Insonlar kimning tarafida ekanligini bildirish muhim. Bu o‘ziga xos manfaatlar deklaratsiyasidir. Kunlarning birida, Nyu-Yorkdaligimda xususiy qamoqxonalar qurish haqidagi suhbatga guvoh bo‘lib qoldim. Qamoqxona sanoati o‘zining kelgusidagi rivojini o‘ylashi shart: ularga qancha kamera kerak bo‘ladi? 15 yildan so‘ng mahbuslar soni qancha bo‘ladi? Shunda ular oddiy algoritmdan foydalanib buni osongina bashorat qilishlari mumkinligini anglab yetishgan. Ularning algoritmi 10 va 11 yoshli bolalarning necha foizi o‘qishni bilmasligi haqidagi so‘rovlarga asoslangan. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q, bilimli jamiyatda jinoyat bo‘lmaydi, deb ta’kidlab bo‘lmaydi. Lekin omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish ko‘zga tashlanadi. Bu bog‘lanishlarning eng oddiylari aniq-tiniq ko‘rinib turgan narsalardan kelib chiqadi. Savodli insonlar badiiy adabiyotni mutolaa qilishadi.

Farzandlaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertak o‘qib bering. Ular yanada aqlli bo‘lishini istasangiz ularga yanada ko‘proq ertak o‘qib bering,. Umid qilamanki, biz farzandlarimizga kitob o‘qiydigan, kitob o‘qib berishadigan, ular uy-xayol surib, nimalarnidir anglay boshlaydigan dunyoni taqdim eta olamiz.

©️Nil Geyman