“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida, “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Qalqon jasorat maktabi bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi. Tadbbirdan so’ng o’quvchilar bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar bilan qiziqarli viktorina o’yini tashkil etildi. Viktorina o’yinida faol qatnashgan o’quvchilarga kutubxonamiz tomonidan kitoblar sovg’a qilindi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.