“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida 20-sentyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat universitetida Ijtiomoiy psixologiya, Etnopsixologiya ixtisosligi bo’yicha doktorant Tohirova Mohigulning “Umumiy psixologiya” o’quv qo’llanmasi taqdimoti bo’lib o’tdi.Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi dosenti, Psixologiya fanlar nomzodi Salohiddinova Musharraf Isomiddinovna, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar qo’mitasu raisi Sharofat Bektoshovna, O’zbekiston Yoshlar Ishlari agentligi Samarqand shahar bo’limi rahbari Farangiz Xudoyorova, O’zbekiston-Finlandiya instituti psixologiya kafedrasi mudiri Bo’tayeva Umida va muallifning ota-onalari taqdimotda ishtirok etishdilar. Tadbirda so’zga chiqqanlar psixologiyaning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini ta’kidladilar.Tadbir so’ngida muallif o’z kitoblarini turli tashkilotlarga sovg’a tarzida topshirdi.