“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Prezident maktabi o’quvchilari uchun “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli taqdimot tashkil etildi. Ushbu tadbirda 20 dan ortiq yangi adabiyotlar tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan taqdimotda o’quvchilar yangi adabiyotlarning mazmuni, ilmiy va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot olishdi. Tadbirning maqsadi o’quvchilarga yangi nashrlar bilan tanishish va ularning o’qish va tadqiqotlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Bu kabi tadbirlar o’quvchilarning adabiyotga qiziqishini oshiradi va ularga ilmiy faoliyatida yordam beradi.