Kitob_taqdimoti

🏛Haftalik doirasida joriy yilning 17-sentyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.
📒 “Zafarnoma” – Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub bo‘lgan ushbu asar, tarixiy haqiqatlarni va milliy qadriyatlarni yoritishda betakror rol o‘ynaydi. Shoira va publisist Zuhra Begim tomonidan tahlil qilingan “Zafarnoma”, tarixiy voqealar va ularning bugungi kunga ta’sirini chuqur o‘rganishga yordam beradi. Bu kitobni har bir inson o‘qishi kerakli, chunki u xalqimizning shonli tarixini yangicha nuqtai nazardan ko‘rsatishini ta’kidlab o’tdi.

📚“Qo’shqanot” va “Ko‘gil To‘lqini” – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mutaxassisi Maxmarizo Abdurahmonovning ushbu ikkita asari, zamonaviy adabiyotning yorqin namunalari sifatida e’tirof etilmoqda. “Qo’shqanot” asari zamonaviy inson ruhiyatining murakkab qatlamlarini ochib beradi, “Ko‘gil To‘lqini” esa o‘zining badiiy uslubi bilan adabiyot ixlosmandlarini jalb etadi. Har ikki asar o‘quvchilarga yangi ilhom, motivatsiya va badiiy qiziqishlar taqdim etadi.

📚Ushbu asarlar adabiyot olamida muhim o‘rin egallab, o‘quvchilarni chuqur o‘ylar, tarixiy haqiqatlar va zamonaviy tafakkur bilan tanishtiradi. Tadbir so’ngida, Maxmarizo Abdurahmonov o’z qalamiga mansub bo’lgan “Qo’shqanot” va “Ko‘gil To‘lqini” nomli asarlarini hamda shoira Qurbonoy Salimova “Ayol – olam bezagi”, “”Oydin yo’llar” nomli she’riy top’lamlarini, shoira Nargiza Yunusova “Hadya” nomli asarini kutubxonamiz fondiga sovg’a qilishdi.