Qiziqarli_kutubxonada  

🏛 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 70-maktab 6 -“A” sinf o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
💁‍♂️💁‍♀️ Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
👥 Ekskursiya davomida o’quvchilar bilan qiziqarli viktorina o’yini tashkil etildi. Viktorina o’yinida faol qatnashgan o’quvchilarga kutubxonamiz tomonidan kitoblar sovg’a qilindi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.