🏛“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida o’tkazilgan “Kitobxon Ona – Kitobxon Bola” tadbiri, kitobxonlik madaniyatini yosh avlodga singdirish va oilalarning ma’naviy tarbiyasiga e’tibor qaratishga bag’ishlangan. Samarqand viloyat hokim o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmonova Zebiniso Po‘latovna ham tadbirga tashrif buyurdilar va kitobxonlikni rivojlantirish yo’lidagi o’zlarining fikrlarini ta’kidlab o’tdilar. Tadbirning asosiy maqsadi – kitob o’qishning ahamiyatini yoritish, ota-onalarning bolalariga kitob orqali qanday ta’sir ko’rsatishi va o’zaro muloqotda qanday rol o’ynashi haqida o’ylab ko’rishga undashdir.
Ushbu tadbirda Urgut tumanida istiqomat qiluvchi Najmiddinovlar oilasi va Toyloq tumanidan Haydarovlar oilasi ishtirok etishdi. Har ikki oilaning kitob o’qish bo’yicha o’z an’analari, tajribalari va fikrlari tadbirda muhokama qilindi.