Joriy yilning 7-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi hamda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda harbiy xizmatichilar davrasida “Yangi nashr etilgan kitoblar taqimoti” bo’lib o’tdi.
Bugungi davra suhbatining maqsadi davlat va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalari qancha taraqqiy etsa, insonlarning ilmiy-ma’naviy salohiyati ham shunga mos va mutanosib bo’lishi lozim. Fuqarolarning ilmiy iqtidori, rahbarlik salohiyati, harbiy bilimlari, kasbiy mahorati yuqori saviyada bo’lishi bilan birga, ularning shaxsiy fazilatlari: insoniylik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur tuyg’ulari qanchalik kuchli bo’lsa, davlatimiz poydevori ham, kelajagi ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Mustaqil O’zbekistonimiz bugungi tezkor taraqqiyot davrida har tomonlama eng rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallash yo’lidan sobitqadamlik bilan borayotgan bir davrda xalqimizning, shuningdek, kelajagimiz egalari hisoblanmish o’sib kelayotgan yosh avlodning o’z oldiga qo’ygan maqsadi ham shunga mos holatda teran, aniq, xolis va qat’iy bo’lmog’i lozim.Shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.