A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tavallud topgan, Samarqand davlat universitetining tarix va jamiyatshunoslik fakultetini tahsil olgan “Taxti Sulaymon”, “Sensiz”, “Ey dil”, “Ishq osmoni”, “Amerika oqshomlari” nomli she’riy to’plamlar hamda “Hukumdorning so’ngi armoni”, “Yalangto’sh tutgan yo’lbar”, “Taqdirning shum kechmishi”, “Qashqir changalidagi qiz”, kabi tarixiy romanlar muallifi, iste’dodli yozuvchi Salomat Mamatqulovaning “QALBIMDAGI VATAN”  nomli ijodiy kecha bo’lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Komilov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari Toshpulat Tugalov, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Zebiniso Shodiyeva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira va tarjimon Hamida Karimova, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi tarixchi olim Komilxon Kattayev,
Turon fanlar akademiyasi Samarqand filiali ijodkorlari, Toyloq tuman hokimligi vakillari, faol kitobxonlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yozuvchi haqida uning mashaqqatli hayot yo‘li, kitoblarining yaratilish tarixi haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi.