Fuqarolarimizni bilim manbai bo‘lgan kitobni sevishga undash, kitobdan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ularning ma’naviy dunyosini boyitish; milliy va jahon adabiyotlarini tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda axborot olish madaniyatini shakllantirish hamda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish, milliy, axloqiy va adabiy merosimizga bo‘lgan hurmatni oshirish maqsadida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida “Eng yaxshi kitobxon oila” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlovda Ahmedovlar, Ibragimovlar, Jalilovlar oilalari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra;
1-o’rin Ahmedovlar oilasi
2-o‘rin Ibragimovlar oilasi
3-o‘rin Jalilovlar oilasiga nasib etdi.