A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat  axborot- kutubxona markazida Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi mutaxassislari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Ekskursiya davomida bir guruh mutaxassislar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va kutubxona haqida fikrlarini biz bilan baham ko’rishdi.