Hayotda ko’plab yutuqlarga erishgan  Samarqand viloyat “Buvijonlar maktabi” hamda intiluvchan millat qizlari o’rtasida “Qizlarimga nasihatlarim” nomli davra suhbati ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat “Buvijonlar maktabi” rahbari Gulbahor Xusainova, va shahar “Buvijonlar maktabi” rahbari Azimova Sanobar Mirzayevna, –  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti “Simulyatsion markazi” direktori, xotin-qizlar kengashi raisi, rektor  maslahatchisi Xudayberdiyeva Gavhar Ismailovna, –  Samarqand davlat O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sattorova Ibodat G’afforovna va shahar va tuman “Buvijonlar maktabi” faollari ishtirok etishdi.

Tadbir so’ngida “Bibinur” ansambli tomonidan musiqali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilariga viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg’alar va tashakkurnomalar taqdim qilindi.