A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida taniqli yozuvchi, jurnalist Karimberdi To‘ramurodning “Qora kitob” dan bir hikoya nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi rahbari Toshpulat Tugalov, Qirg’iziston respublikasi O’sh viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi Ilmira Isoqova, dramaturg Gulasal Alibekova, Qizg’izistonda xizmat ko’rsatgan davlat arbobi, Qirg’izistonlik tarjimon Turabek Jurayev, Qirg’isizton-O’zbek matbuoti rahbari Soliha Shokirova, «Ovozi Samarqand» gazetasi bosh muharriri Baxodir Raxmonov, yozuvchilar uyushmasi a’zolari, jamoat xavfsizligi kursantlari ishtirok etishdi.

Taqdimot davomida, Qirg’izistonlik tarjimon Turabek Jurayev kitobning tarjima qilish jarayonidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari kitobning bugungi kundagi ahamiyati, kitobxonlik borasida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashishdi. O’zaro hurmat ramzi sifatida qardosh xalqlar o’zlarining esdalik sovg’alarini bir-birlariga topshirishdi.