A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi Samarqand garnizonidagi harbiy qism hamkorligida O’lmas Umarbekov ijodiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi. Unda yozuvchi hayoti va ijodiga bag’ishlangan viderolik namoyishi, hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Odam bo’lish qiyin”, “Fotima va Zuhra”, O’lmas Umarbekov tanlangan asarlar” nomli kitoblar taqdimoti tashikl etildi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar o’z fikr mulohazalari bilan o’zaro o’rtoqlashdilar.