“Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Sarguzashtli ertaklar olamiga sayohat” nomli bolajonlar bilan birgalikda viktorina o’yini bo’lib o’tdi.
Viktorina o’yinining asosiy maqsadi — bolajonlarga adabiyotni yanada sevdirish, ularning kitoblar va hikoyalar haqidagi bilimlarini oshirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Ushbu o’yin orqali bolalar kitoblar, adabiyotiy personajlar va ularning sarguzashtlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir so’nggida faol ishtirokchilar kutubxonaning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.