Oqsaroy maqbarasi

Go`ri Amir maqbarasining janubi-sharqida 15-asrning 70-yillariga oid Oqsaroy maqbarasi joylashgan. Bu temuriylar hukmdori Abu Said buyrug’i bilan qurilgan so’nggi Samarqand temuriylarining maqbarasi ekanligi taxmin qilinadi. 1457-yilda Abu Said Xurosonni egallab, poytaxtini Samarqanddan Hirotga koʻchirdi. 1468/9 yil Abu Said Ozarbayjonda turkmanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻladi. Maqbarada yer ostidagi sakkiz burchakli kript bor. Uning sharqiy devori yonidagi maxsus uyaga boshsiz odam ko‘milgan. Bir versiyaga ko‘ra, bu Ulug‘bek Abdulatif o‘g‘lining qabridir.