2024-yilning 22-oktabr kuni Payariq tuman Chelak shahrida joylashgan Ma’rifat markazida “INFOLIB O’ZBEKISTON – 2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida faol kitobxonlar ishtirokida she’riyat kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu kechada she’riyatga oshno yoshlar o’zlari sevib yod olgan she’rlari bilan faol ishtirok etdilar.