9-may Yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot- kutubxona markazining 1 qavat fayesida “Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmadan O’zbekiston qahramonlari, G’alaba bog’i falsafasi, O’zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida kabi kitoblari va rasmli ma’lumotlar joy olgan.

Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!