Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyati Milliy gvardiya Boshqarmasi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.
“Zakovat” intellektual o’yinida Milliy gvardiya Boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan “Bilimdonlar”, jamoat xavfsizligi kursantlaridan tashkil topgan “Lochinlar” hamda viloyat axborot-kutubxona markazi yosh xodimlaridan tashkil topgan “Yosh liderlar” jamoalari bellashishdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o‘rin “Yosh liderlar”
2-o‘rin “Lochinlar”
3-o‘rin “Bilimdonlar” jamoalariga nasib etdi.