A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot – kutubxona markazi hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo’limi bilan hamkorligida sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she’rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligini munosabati bilan “Qalamidan oltin dur to’kilgan shoir” deb nomli adabiy badiiy kecha bo’lib o’tdi.