A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi
Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik bilim ko’nikmalarini oshirishda,  aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o’rganib borish, kutubxona xizmati to’g’risidagi tushunchalarni oshirish va kutubxona markazi faoliyatini targ’ib etish maqsadida “Kitobxon bolalar millat kelajagi” mavzusida kitobxonlik haftaligi tashkil qilindi. Bunda Samarqand shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti “Утренняя звезда” bilan hamkorlikda bolalarni kitobga jalb qilib, ularni turli ertak kitoblar bilan tanishtirildi.