Onlayn trening

 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi  tasarrufidagi tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari va  oliy ta’lim muassasasi professor – o’qituvchilari va doktorantlari uchun “Proquest Dissertations and Theses Global” xorijiy dissertatsiyalar bazasidan foydalanish boʻyicha navbatdagi onlayn trening bo’lib o’tdi. Onlayn treningda  A.S.Pushkin nomidagi axborot –kutubxona markazi mutaxassislari ham qatnashdilar.

SIFATLI QILINGAN ISHLAR TASHKILOTNING ISH SAMARADORLIGINI OSHIRADI

Bugun  A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining faollar zalida Axborot -kutubxona fondlarini jamlash xizmati bo’limi hamda Yig’ma elektron katalogi sektorining bugungi kungacha qilingan ishlarining hisoboti bo’lib o’tdi. Hisobotda bo’limlar tomonidan qilingan ishlar kutubxona direktori  tomonidan tahlil qilinib, xodimlarning takliflari tinglandi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Sport bizning do’stimiz

Bugun Samarkand shahridagi Universitet xiyobonida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlar o‘rtasida “Sport- bizning do‘stimiz” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa ishtirokchilarning jismoniy faolligi oshiribgina qolmay, ularga a’lo kayfiyat ham bag’ishladi. Hammamizga ma’lumki, sport sog’lik-garovi, shunday ekan hammamiz ishdan bo’sh paytlarimizda sport bilan shug’ullanib borsak, bu ish samaradorligini oshishiga yordam…

Chet tillarini puxta o’rganaylik

Shiddat bilan rivojlanayotgan davrda zamon talablariga mos, o’z kasbingizni mutaxassisi bo’lishingiz juda muhim hisoblanadi. Jahon talablariga javob berish, chet ellik mutaxassislar bilan fikr almashish hamda rivojlangan davlatlarda malaka oshirish uchun esa, albatta, chet tillarini o’rganishimiz kerak. Qadrli kitobxonlar! Sizda jahon standatrlari asosida tayyorlangan ingliz tilida o’qish, yozish hamda matematik fikrlashingizni oshirishga yordam beradigan, Amerikada nashr…

Tojikiston Respublikasidan kutubxonaga mehmonlar kelishdi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Tojikiston Respublikasi “Jumxuriyat” gazetasi bosh muharriri Q.Rahmonzoda boshchiligidagi gazeta tahririyati xodimlari hamda taniqli olim va adiblar, akademiklar Q.Olimov, Mirasrori Farg’oniy, jami 30 kishi keliishdi. Mehmonlarni kutubxona mudiri o‘rinbosari N.Saidmurodova kutib oldi va ularga kutubxona tarixi, kutubxona ishining borishi haqida ma’lumot berdi. Suhbat davomida kutubxona faoliyatiga oid savollarga javoblar qaytarildi.…

“Saodat davri”dan “Oydinliklar sari” ga

-Kenglik va mo‘l-ko‘lchilik paytida shukr, balo va musibat vaqtida sabr, qazoga rozi bo‘lish, dushman bilan yuzma- yuz kelganda qochmasdan sabot ko‘rsatish va dushman boshiga kelgan musibatga sevinmaslik… Ushbu parcha Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallamning ibratli hayot yo‘li yoritilgan “Saodat asri” qissalaridan olingan. Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallamning nihoyatda ibratli hayot yo‘li haqida o‘qing, o‘rganing va…