Tafakkurimizning qiroli bu kitobdir

“Insonning har bir kuni kitob bilan bevosita aloqador. Kitobsiz inson hech qachon o‘ylagan maqsadiga erisha olmaydi. Shu sababli, doimo kitob bilan oshno bo‘lmog‘imiz darkor”- deydi o‘quvchilarini kitobga yanada qiziqishi oshini istagan o‘qituvchi. Samarqand shahar 17-maktab o‘qituvchisi ham o‘quvchilarini kitobga mehrini kuchaytirish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Mutaxassislar tomonidan AKM haqida batafsil ma’lumotlar berib…

Kitob bizning xazinamiz

Kitob bu —xazina. U bizning tafakkurimizni oshirishga yordam beradi. Kelajagimiz uchun zinapoya vazifasini bajaradi. Samarqand shahar 30-umum ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘qituvchisining hamrohligida ilm maskaniga kelishdi. AKM mutaxassislari ularni kutubxona bilan yaqindan tanishtirdilar.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligining 5-kuni, “Kitobxonlar kuni” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot – kutubxona markazida “Eng bilag’on kitobxon” kvest o’yini o’tkazildi. O’yin g’oliblari axborot – kutubxona markazining diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

Haftalik “Ilm-fan va ma’naviyat kuni” doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot – kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahridagi 13060-sonli harbiy qism askarlari ekskursiyaga kelishdi. Еkskursiya davomida axborot – kutubxona markazida yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, o’quv zallari bilan yaqindan tanishtirildi.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

Haftalik doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot – kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiyalar tashkil qilingan. Еkskursiya davomida axborot – kutubxona markazida yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, o’quv zallari bilan yaqindan tanishtirilmoqda.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

Haftalik dasturiga kiritilgan “San’atga oshufta ko‘ngillar” nomli musiqali kecha bayramona kayfiyatda o‘tdi,  ayniqsa  tadbirda tashrif  buyurgan SamDU amaliy matematika va tarix fakulteti talabalarining san’atga bo‘lgan fikr-mulohazalari  kecha mehmoni Samarqandlik  yosh iste’dodli  xonanda Sa’diev Firdavsning jonli ijrosi barchaga katta taa’ssurot qoldirdi.