INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

 “INFOLIB O’ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligining  3-kuni, “Ilm-fan kuni” doirasida A.S.Pushkin   nomidagi Samarqand  viloyat   axborot – kutubxona  markazida Bolalar shoiri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Po‘lat Mo‘min (1922-2004) tavalludining 100 yilligiga bag’ishlab vidiorolik taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda Samarqand shahar 8-IDUM o’quvchilari faol ishtirok etdilar.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligining  3-kuni, “Ilm-fan kuni” doirasida  “Davlat standarlariga muvofiq adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzish” hamda “UDK jadvalari asosida axborot-kutubxona resurslarini tizimlashtirish” bo’yicha tashkil etilgan  amaliy seminarlarda  A.S.Pushkin   nomidagi Samarqand  viloyat   axborot – kutubxona  markazi mutaxassis xodimlari   ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etmoqdalar.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida 1-noyabr kuni haftalikning kasbiy mahorat kuni munosabati bilan AKM mutaxassislari ishtirokida “INFOLIB, Kutubxona.Uz “kasbiy jurnallar sharhi o’tkazildi.

INFOLIB O’ZBEKISTON-2022

“INFOLIB O’ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida mahalliy yozuvchimiz tarixshunos olim Komilxon Kattaev asarlaridan “Kitoblarga kochgan tarixlar”kitob korgazmasi tashkil etildi, hamda muallif tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar sovg’a qilindi.

Men muvaffaqiyatli ayolman

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan pillachi faxtiy unvoni va “Shuhrat” medali sohibi Maryam Niyazova Kadirovna ishtirokida “Bugungi kun tadbirkor ayoli” nomli uchrashuv kechasi bolib o’tdi. Unda Samarqand Davlat Universiteti talabalari va faol kitobxonlar ishtirok etishdi.

Haftalik doirasida- Kasbiy mahorat kuni

Ayni paytda “O‘zbekiston- 2022” XI milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “O‘z MENingni angla, Yosh kutubxonachilarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish” mavzusida psixolog Zamira Xolboyeva ishtirokida seminar-trening hamda mahorat darsi bo‘lib o‘tmoqda.