E’lon

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi kitobxonlik va adabiyot ixlosmandlarini Turon fanlar akademiyasi faxriy dotsenti, “Umrboqiy meros” Oʻzbekiston madaniyat va sanʼati targʻibot Samarqand viloyati raisi, Oʼzbekiston badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi aʼzosi- Qoʼshayev Murodjon Mansurovning“Miniatyura san’ati va maktablari tarixi” hamda “O’zbek miniatyura san’ati: kecha, bugun va ertaga” kitob taqdimoti va kitobxonlik uchrashuviga taklif etadi.

Kitobxonlik haftaligi

Kitobxonlik haftaligi tadbirlari davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov so‘zga chiqdi va kutubxona ma’muriyatiga yangi kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.Shu bilan birga tadbir davomida Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi chiqishlari hamda “Timur-Fayz” nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tadbirga ko’tarinki ruh olib kirdi.

“Kitobsevar millat” shiori ostida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi”

Qadrli kitobxonlar! A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 10-15 aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo’lib o’tadi. Haftalik doirasida kitob ko’rgazmalari, ko’rik-tanlovlar, sevimli ijodkorlar bilan uchrashuvlar, yangi adabiyotlar sharhi, badiiy va musiqiy kechalar, “Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman” aksiyasi o’tkaziladi. Barcha kitobsevar kitobxonlarni haftalik doirasida bo’lib o’tadigan tadbirlarga taklif etamiz!

Korrupsiya- jamiyatning kushandasi

Korrupsiya-har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.Korrupsiya qarshi kurashish maqsadida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘qituvchi…

Xalq muhabbatini qozongan shoir

Muhammad Yusuf avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan tanildi, shuhrat topgan shoirdir.A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

Kitob- insonning ajralmas do‘sti

Joriy yilning 6-aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida xodimlari Samarqand shahrida joylashgan ichki ishlar reablitasiya markazida kitobxonlik targ‘ibotini tashkil qilishdi. Tadbirda kutubxona faoliyati oid yangiliklar hamda fondidagi mavjud badiiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.